<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Gulnora Joʻrayeva, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
<title>Osmon Shohligiga umid qilganlar</title>
<lyrics>[V1]
 Osmon Shohligiga umid qilganlar
 Rabbimizni chindan, qalbdan sevganlar.
 Muqaddas Kalomning magʻzini chaqib,
 Otamizga shukur qilib yurganlar.
 Bu siz, oʻzimning birodarlarim,
 Duoda boʻlgansiz boʻlsa dardlarim!

[V2]
 Sokin qalbingizda orzular koʻpdir,
 Aytar soʻzingizning yolgʻoni yoʻqdir.
 Tunu kuningizdan minnatdor boʻlib,
 Har lahza, har ondan koʻnglingiz toʻqdir.
 Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim,
 Xushxabar aytishda jasur, mardlarim!

[V3]
 Muqaddas Kalom - bu siz uchun sharaf,
 Duodasiz, tinchdir har on, har taraf.
 Muhtojligi boʻlgan har bir insonga,
 Boʻlmaysiz hech qachon befarq, beʼtaraf.
 Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim,
 Yuragimga yaqin koʻngil zarlarim!

[V4]
 Shunchalar gʻamxoʻrsiz, cheksiz mehringiz,
 Boshga ne kelsa ham Egam dedingiz.
 Hayotda ezilgan jon jigarlarga,
 Yoʻq demay dardiga malham boʻldingiz.
 Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim,
 Yuragimga yaqin koʻngil zarlarim!

[V5]
 Ibodat qilgaysiz, sahar, tunlari bedor,
 Oʻzganing koʻngliga bermaysiz ozor.
 Fikringizga til ojiz, donolik bisyor,
 Bunchalar qalbingiz sokin begʻubor.
 Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim,
 Yuragimga yaqin koʻngil zarlarim!

[V6]
 Imoningiz togʻlardek mustahkam yuksak,
 Kalomni tinglashda chaqqonsiz, sergak.
 Samoga talpinib iltijo qilib,
 Hammaga boʻlasiz doimo tirgak.
 Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim,
 Yuragimga yaqin, koʻngil zarlarim!

[V7]
 Rahmatlar aytaman jonim oʻzingiz,
 Dilga taskin berar shirin soʻzingiz.
 Koʻzingizda mehr, tabassum,
 Quyoshdek porlaydi nurli yuzingiz.
 Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim,
 Duoda boʻlgansiz boʻlsa dardlarim!</lyrics>
</song>